Daryo

O‘zbekistonda bir yil ichida yengil avtomobil eksporti 123 mln dollarga oshdi

Mamlakat yengil avtomobillarni, asosan, Qozog‘istonga eksport qilgan

1 daqiqa o‘qish29 448 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston 2021-yilning yanvar—iyul oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 194 million dollarlik yengil avtomobillarni eksport qilgan, deb xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Yengil avtomobil eksporti 2020-yilning mos davriga nisbatan 123 million dollarga oshgan. O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:
  • Qozog‘iston — 181,9 million dollar;
  • Afg‘oniston — 5,7 million dollar;
  • Ukraina — 2,3  million dollar;
  • Rossiya — 1,9 million dollar;
  • Qirg‘iziston — 1,0 million dollar;
  • Ozarbayjon — 484,1 ming dollar;
  • Tojikiston — 480,1 ming dollar.
Avvalroq Cobalt Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobilga aylangani, O‘zbekistonda esa uni xarid qilish uchun qariyb 10 ming kishilik navbat mavjudligi, UzAuto Motors’ning sof foydasi qariyb 70 foizga o‘sgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar