Daryo

O‘zbekistonda o‘tgan yetti oy ichida eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi

Undan keyingi o‘rinni Damas egallagan — 33 862 dona

1 daqiqa o‘qish35 619 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning yanvar—iyul oylarida 36 317 dona Cobalt ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
2021-yilning yanvar-iyul oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar:
  • Cobalt — 36 317 dona;
  • Damas — 33 862 dona;
  • Lacetti-Gentra — 26 266 dona;
  • Nexia T-250 — 14 442 dona;
  • Labo — 7 542 dona;
  • Spark — 6 485 dona.
Shuningdek, qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning iyul oyida 5 090 dona Damas ishlab chiqarilgan. 2021-yilning iyul oyida ishlab chiqarilgan avtomobillar:
  • Damas — 5 090 dona;
  • Cobalt — 4 529 dona;
  • Lacetti-Gentra — 4 304 dona;
  • Labo — 1 312 dona;
  • Nexia T-250 — 499 dona;
  • Spark — 400 dona.
Avvalroq Cobalt Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobilga aylangani, O‘zbekistonda esa uni xarid qilish uchun qariyb 10 ming kishilik navbat mavjudligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, iyunda UzAuto Motors kamroq avtomobil sotib, ko‘proq foyda olayotgani ma’lum bo‘lgandi. So‘nggi yillarda eksport qilinayotgan avtomobillarning o‘rtacha narxlari ikki barobarga — 4845 dollardan 9201 dollarga oshgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda bir yil ichida yengil avtomobil eksporti 123 mln dollarga oshdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Cobalt 2020-yilda ham eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobilga aylangandi.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar