Daryo

Video: Qarshida svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Isuzu’ga urilgan Nexia-2 yonib ketdi

Ma’lum qilinishicha, yong‘in natijasida hech kim jarohatlanmagan

1 daqiqa o‘qish71 552 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Kamil Faxrutdinov

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida beton to‘siqqa urilgani aytilgan Nexia-2 yonib ketdi. Bu haqda “Qashqadaryo xalqi” Telegram-kanali ma’lum qildi.

Foto: Kamil Faxrutdinov

Ta’kidlanishicha, voqea bugun, 2021-yil 20-mart kuni sodir bo‘lgan.

Foto: Kamil Faxrutdinov

“Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Sohib Vaitovning ma’lumot berishicha, bugun soat taxminan 11:50 da boshqarmaning dispetcherlik xizmatiga Qarshi shahrining Mustaqillik ko‘chasida YTHga uchragan avtomobilda yong‘in chiqqani haqida xabar berilgan.

Foto: Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

“Voqea joyiga 11:53 da yetib borgan Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, 2-yong‘in qutqaruv jamoasi yong‘inni o‘chirgan. Yong‘in natijasida hech kim jarohatlanmagan”, — dedi Sohib Vaitov.

Foto: Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Javlon Baxtiyevning “Daryo” so‘roviga javoban ma’lumot berishicha, Nexia-2 haydovchisi Mustaqillik ko‘chasidagi svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Isuzu rusumli suv tashuvchi avtomobilning orqa tomonidan borib urilishi natijasida yong‘in kelib chiqqan. YTH natijasida hech kim jarohatlanmagan. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar