• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “20 yil avvalgi holat bilan hozirgisi o‘rtasida katta farq bor”. “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelganidan keyin birinchi marta matbuot anjumani o‘tkazdi

    Afg‘onistonda hokimiyatni egallab olgan “Tolibon” harakati birinchi marta matbuot anjumani o‘tkazdi. U, xususan, ingliz tilidagi Al Jazeera sayti orqali translyatsiya qilindi.

    Zabixulla Mujohid

    Zabixulla Mujohid
    Foto: AP Photo

    “Mamlakatimiz musulmon mamlakati bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi, ammo 20 yil avvalgi holat bilan hozirgisi o‘rtasida katta farq bor. Biz avvalgiday ish ko‘rmaymiz”, — dedi harakat matbuot kotibi Zabixulla Mujohid.

    Uning ma’lum qilishicha, “Tolibon” dunyo maydonida hech kim bilan dushmanlarcha munosabatda bo‘lishni istamaydi.

    Uning ishontirishicha, “Tolibon” Afg‘onistonning “ziddiyat maydoni” bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.

    “20 yillik jangdan keyin biz chet elliklarni haydab chiqardik… endi butun millat uchun g‘ururlanadigan payt keldi”, — dedi Mujohid. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” harakati o‘tmishdagi xafagarchiliklar uchun hech kimdan qasos olishga intilmaydi, u hammani kechirgan.

    U “Tolibon” boshqa mamlakatlar bilan bevosita muloqotlarga tayyorligini yana bir marta ta’kidlab o‘tdi. Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi barcha elchixonalar va nohukumat tashkilotlar to‘liq xavfsizlikda turibdi. “Tolibon”, shuningdek, kimdir mamlakat hududidan boshqa davlatlarga qarshi hujumlar uchun tayanch sifatida foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini ham oladi.

    Mujohidning ishontirishicha, mamlakatda ayollar huquqlari himoya qilinadi, shariatga rioya qilgan holda ularga faol hayot tarzini olib borishga ruxsat etiladi. Ayollardan tanani va yuzni butunlay yopib turadigan paranji emas, balki yuzni ochiq qoldiradigan hijob taqish talab qilinadi, dedi u. “Bu bizning qoidalarimiz emas, balki Islom qoidalaridir. Ular ayollar xavfsizligini ko‘zlaydi”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda minglab maktablar ishlashda davom etadi.

    “Tolibon” vakili yangi hukumat mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga e’tibor qaratishini aytdi. “Iqtisodiy vaziyat yaxshilanadi. Biz bunga erishish uchun, odamlarning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun jiddiy choralar ko‘ramiz”, — dedi u.

    “Tolibon” shakllantirayotgan Afg‘oniston hukumati mamlakatning avvalgi hukumatidan yaxshiroq ishlay oladi, dedi Mujohid. “Biz mamlakatni boshqaramiz, siz esa keyin bizning natijalarimizni bu yerdan qochib ketganlar erishgan natija bilan solishtirishingiz mumkin bo‘ladi”, — dedi u.

    Mujohidning aniqlik kiritishicha, “Tolibon” yangi hukumatni shakllantirish ustida faol ish olib bormoqda. Avvalroq harakat bu hukumat inklyuziv bo‘lishiga harakat qilishini aytgandi.

    “Bu juda islomiy hukumat bo‘ladi, sizga shuni va’da qilishim mumkin. U bizning qadriyatlarimizni himoya qilib, xalqqa xizmat qiladi”, — deya va’da berdi Mujohid. Uning qo‘shimcha qilishicha, hukumat bir necha kundan keyinoq o‘z ishini boshlaydi.

    “Shundan keyin mamlakatda qonun va tartib hukm suradi. Biroz sabr qiling”, — deya xulosa yasadi guruh vakili.

    “Tolibon” vakili qayd etishicha, harakat “janglar va urushni xohlamaydi, balki tinchlik va barqarorlikni istaydi”. Shu bilan birga, u: “Agar jang qilish kerak bo‘lsa, bu bizning qo‘limizdan keladi, bunga o‘zingiz guvoh bo‘ldingiz”, — dedi.

    Shuningdek, Mujohid Afg‘oniston narkotiklar ishlab chiqarishni to‘xtatishini aytdi. Hamda mustaqil OAVlar mustaqil bo‘lib qolishini, biroq ular Islom qoidalariga rioya qilib, milliy manfaatlarga qarshi ishlamasligi kerakligini ta’kidladi.

    Eslatib o‘tamiz, 15-avgust kuni “Tolibon” Afg‘onistonning butun hududini o‘z nazorati ostiga olganini e’lon qildi. Shu kuni “Tolibon” Kobuldagi prezident saroyiga kirdi. Keyinroq hukumat kuchlari tark etgan barcha davlat muassasalarini va davlat televideniyesini egallab oldi.

    Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’fo berishga rozi bo‘lgan va mamlakatni tark etgan. The New York Times va Al Jazeera Ashraf G‘anining O‘zbekistonga yo‘l olgani haqida xabar berdi. Ammo keyinroq Ashraf G‘ani O‘zbekistonda ham, Tojikistonda ham, Qozog‘istonda ham emasligi ma’lum qilindi.

    Mavzuga doir:

    • Yevropa Ittifoqi “Tolibon”ning Afg‘onistondagi g‘alabasini tan oldi
    • Afg‘oniston vitse-prezidenti o‘zini amaldagi davlat rahbari deb e’lon qildi va “Tolibon”ga qarshi kurashishga chaqirdi

    18.08.2021, 12:19   Izoh (0)   56690
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gaitidagi zilzila qurbonlari soni 1,9 mingdan oshdi. Zilziladan zarar ko‘rgan hududlarda suv toshqinlari yuz berdi (video)

    18.08.2021, 12:07

    Yevropa Ittifoqi “Tolibon”ning Afg‘onistondagi g‘alabasini tan oldi

    18.08.2021, 11:06

    Afg‘oniston vitse-prezidenti o‘zini amaldagi davlat rahbari deb e’lon qildi va “Tolibon”ga qarshi kurashishga chaqirdi

    18.08.2021, 10:05

    Kaliforniyada tarixdagi eng yirik o‘rmon yong‘inlaridan biri yuz bermoqda (foto)

    18.08.2021, 06:06

    HAMAS harakati “Tolibon”ni Afg‘onistondagi g‘alaba bilan tabrikladi

    17.08.2021, 22:58

    “Endi odamlar erkinligidan mahrum bo‘ldi”. Kobul aholisi “Tolibon” hukmronligi ostidagi hayot haqida gapirib berdi

    17.08.2021, 19:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.