• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    NYT va Al Jazeera Ashraf G‘anining O‘zbekistonga yo‘l olgani haqida xabar berdi

    Davomi: Ashraf G‘ani O‘zbekistonda ham, Tojikistonda ham, Qozog‘istonda ham emasligi ma’lum qilindi

    “Tolibon” harakati Kobuldagi prezident saroyini egalladi va shu yerdan Afg‘oniston islom amirligi tashkil etilganini e’lon qilmoqchi, deya xabar bermoqda Associated Press va Press Association agentliklari. Al Jazeera telekanali saroydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri videotranslyatsiyani yo‘lga qo‘ygan, deb yozadi “Gazeta.uz”.

    Toliblar 15-avgust kuni tongda Kobul tomon yurish boshlagan edi, oqshom arafasida esa shahar amalda jangsiz qo‘lga kiritildi. “Tolibon” hafta davomida mamlakatning boshqa — Qandahor, Hirot, Mozori Sharif va Jalolobod kabi yirik shaharlarini egallagan edi.

    Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatdan uchib ketgan. TOLOnews afg‘on telekanalining xabar berishicha, prezidentning yaqin yordamchilari u bilan birga.

    Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etmoqda, 2021-yil 15-avgust.

    Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etmoqda, 2021-yil 15-avgust.
    Foto: “YJC.news”
    Afg‘oniston Milliy yarashuv Oliy kengashi rahbari Abdulla Abdulla “Tolibon”ni uning qo‘shinlari Kobulga kirguniga qadar muzokaralar o‘tkazish uchun vaqt berishga chaqirdi. U Facebook orqali qilgan videomurojaatida Ashraf G‘ani mamlakatni tark etganini tasdiqladi va uni “sobiq prezident” deb atadi.

    Afg‘oniston mudofaa vaziri Bismilloh Muhammadiy Twitter’da shunday yozuv qoldirdi: “Bizning qo‘llarimizni bog‘lab qo‘yib, o‘zlari vatanni sotishdi, G‘ani va uning to‘dasiga lan’at bo‘lsin!”.

    Tojikistonning “Aziya-Plyus” agentligi Ashraf G‘ani Tojikistonga uchib ketgani, u yerdan nomi ma’lum qilinmagan uchinchi mamlakatga yo‘l olishi haqida xabar berdi. Kabul News xabariga ko‘ra, G‘ani dastlab Tojikistonga, so‘ng u yerdan Ummonga uchib ketgan. Ammo yuqori martabali ummonlik manba G‘anining Ummonga yetib borgani haqidagi xabarlarni rad etgan.

    Ayni vaqtda, The New York Times axborotiga ko‘ra, G‘ani rafiqasi va ikki yordamchisi bilan birga O‘zbekistonga yo‘l olgan. Ushbu axborotni G‘anining shaxsiy qo‘riqchisi Al Jazeera telekanaliga ham tasdiqlagan. O‘z navbatida, “Interfaks” manbasining ma’lum qilishicha, Toshkentga Ashraf G‘ani bo‘lgan samolyotni qabul qilish haqida so‘rov kelib tushmagan. “U O‘zbekistonda emas”, — deya ma’lum qilgan agentlik manbasi.

    Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston vakolatli organlaridan, jumladan, TIVdan shoshilinch izoh olish imkoni bo‘lmadi.

    Mavzuga doir: OAV: Marshal Abdurashid Do‘stum vaqtincha O‘zbekistonda bo‘lib turibdi

    Ashraf G‘anining o‘zi Facebook’da qoldirgan izohida qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Kobulni tark etganini ma’lum qilgan.

    “‘Tolibon’ meni haydab solish uchun butun Kobul va uning aholisi ustiga qonli yurish qilishga tayyor ekanini ochiq bildirdi. Qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun men ketishga qaror qildim”, — deb yozgan u.

    Afg‘oniston sobiq prezidenti Hamid Karzay mamlakatda “tartibsizliklarning oldini olish” uchun muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilganini e’lon qildi. Unga Karzayning o‘zi, Yarashuv kengashi raisi raisi Abdulla Abdulla va Afg‘oniston islom partiyasi yetakchisi, mamlakat sobiq bosh vaziri Gulbiddin Hikmatyor kirgan.

    Avvalroq Reuters agentligi toliblarga tayanib, “Tolibon”da o‘tish hukumatini shakllantirish niyati yo‘qligi va unga rasmiy hokimiyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri topshirilishi uchun harakat qilishi haqida xabar bergan edi. Toliblar vakili Alhanafi Vardak Afg‘oniston muvaqqat hukumati masalasida muzokara olib borilmayotganini tasdiqladi.

    Toliblar Kobulda xavfsizlik ta’minlashga va’da bergan va aholini “xavotirga tushmaslik”ka chaqirgan.

    “Shahardagi vaziyat tez orada barqarorlashadi va shahar aholisi to‘liq qoniqish bilan odatiy hayot tarziga qaytadi”, — deya toliblar vakilidan iqtibos keltirmoqda “Interfaks”. “Tolibon” vakilining ta’kidlashicha, fuqarolar hayoti va mulkiga xavf yo‘q, shahar aholisi “zarurat tug‘ilganida yordam so‘rab mujohidlarga murojaat qilishi mumkin”. “Hech kim xavotirga tushmasligi kerak”, — dedi toliblar vakili.

    Ayni vaqtda CNN muxbiri Klarissa Vard Kobulda hukmronlik qilayotgan “qo‘rquv va vahima hissi” haqida hikoya qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat aholi “Tolibon”ning uydan chiqmaslik haqidagi chaqiruviga quloq solgan, ammo prezidentning mamlakatdan qochib ketgani ma’lum bo‘lgach, odamlar voqealarning yomon rivojiga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan. Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, “Tolibon” asosiy vazirliklar ustidan nazorat o‘rnatganini e’lon qilgan.

    Associated Press agentligi AQSh harbiylarining vakiliga asoslanib xabar berishicha, Kobul xalqaro aeroporti tijoriy aviareyslarni qabul qilishni to‘xtatgan. Ayni vaqtda odamlarni Amerika harbiylari kuchi bilan Kobuldan evakuatsiya qilish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

    G‘arb mamlakatlarining diplomatlari o‘z qarorgohlarini tark etib, Kobul aeroportiga yetib kelgan. Diplomatik missiyalarining xodimlari aeroportga yuborilgani haqida, jumladan, AQSh, Germaniya va Fransiya ma’lum qilgan. Ushbu mamlakat fuqarolari Afg‘onistondan olib chiqib ketilmoqda.

    AQSh elchixonasi vakillarining Reuters’ga ma’lum qilishicha, diplomatlar, afg‘onistonlik rasmiylar va boshqa afg‘onlar to‘plangan poytaxt aeroporti o‘qqa tutilgan.

    O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 15-avgust kuni mamlakatning Kobuldagi elchixonasi va Mozori Sharifdagi konsulligi o‘z ishini davom ettirayotgani, ularning xodimlari evakuatsiya qilinmaganini bildirgandi. Kuni kecha afg‘on harbiylari bilna to‘la bo‘lgan “Termiz—Hayraton” ko‘prigidagi vaziyat barqarorlashgan: afg‘onistonliklarning asosiy qismi ko‘prik va unga yondosh hududni tark etgan.

    16.08.2021, 01:09   Izoh (0)   124859
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov majburiy emlash nazarda tutilgan qonunga e’tiroz bildirdi

    15.08.2021, 23:59

    Viloyat hokimi tanqididan so‘ng Koson tumani hokimligini o‘rab turgan temir to‘siqlar olib tashlandi

    15.08.2021, 23:38

    “Viloyatlik bo‘lganim uchun to‘xtatdingizmi?!” Toshkentda haydovchi va YPX xodimi o‘rtasida tortishuv sodir bo‘ldi

    15.08.2021, 23:17

    Foto: Yashik yasayotgan hunarmandlarga ko‘maklashayotgan Namangan hokimi

    15.08.2021, 23:10

    Jizzaxda ikki nafar fokuschini pichoqlashda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi

    15.08.2021, 22:16

    “Ixtilofga aloqador barcha tomonlarni kuch ishlatishdan tiyilishga hamda tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz” — Maqsuda Vorisova

    15.08.2021, 21:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.