Daryo

Samarqandda boshqaruvni yo‘qotgan Lacetti ikkita “Jiguli” va Damas’ga urildi. Bir nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan

Shuningdek, ikki nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan

1 daqiqa o‘qish36 006 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 17-avgust kuni soat 10:30 larda Pastdarg‘om hududidan o‘tgan 4R-46 avtomobil yo‘lining 22-kilometrida 60 yoshli Ya.A boshqaruvidagi Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Buning natijasida avtomobil 35 yoshli X.B. boshqaruvidagi “VAZ-21063”, 29 yoshli Sh.M. boshqaruvidagi “VAZ-21011” hamda 40 yoshli G‘.X. boshqaruvidagi Damas avtomobillariga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Avariya oqibatida “VAZ-21011” rusumli avtomobil yo‘lovchisi Z.B. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ikki nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzaxda Cobalt va “ZIL” to‘qnashuvi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘lgani, Toshkentda 7 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, Namanganda Damas va Nexia to‘qnashuvi oqibatida haydovchilardan biri vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar