Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan “Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida avtokran hamda Volvo yuk avtomobili ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 13-avgust kuni soat 05:30 larda Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan “Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida N.I. ismli 29 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Volvo rusumli yuk avtomobili hamda 33 yoshli A.F. boshqaruvidagi Zoomlion rusumli avtokran ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Avariya oqibatida avtokran haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, hodisa joyida tirbandliklarni bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Toshkentda yo‘lovchilar bo‘lgan “Gazel” YTHga uchrab ag‘darilgani, Toshkentda ichida yo‘lovchilar bo‘lgan “Gazel” Lacetti bilan to‘qnashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda