Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida YPX inspektori boshqaruvida bo‘lgan Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Qayd etilishicha, voqea 2021-yilning 17-avgust kuni, taxminan, soat 17:00 da sodir bo‘lgan.

Voqea guvohlarining so‘ziga ko‘ra, YPX xodimi quvib o‘tish qoidasini qo‘pol tarzda buzgani sababli yonma-yon kelayotgan yana bir Lacetti bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Hodisaning to‘liq tafsilotlari haqida rasmiy axborot berilmagan.









