Daryo

Video: Qarshida piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan ona va uning aravachadagi farzandini mashina urib yubordi

Voqea 2021-yilning 10-avgust kuni soat kechki 21:10 da Qarshi shahrining “Mustaqillik” ko‘chasida sodir bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish106 884 ko‘rishlar0 izoh0

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan ayol va uning bolalar aravachasidagi farzandini mashina urib yubordi. Bu haqda “Daryo”ga Qarshi shahar yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi inspektori Ahror Usmonov xabar berdi.

Ahror Usmonovning ma’lumot berishicha, voqea 2021-yilning 10-avgust kuni soat kechki 21:10 da shaharning Mustaqillik ko‘chasida sodir bo‘lgan.

“Qarshi shahridagi Davlat xizmatlari markazi ro‘parasida haydovchi Firdavs Ergashev boshqaruvidagi Nexia’da yo‘lning piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan ayol va uning bolalar aravachasidagi hali bir yoshga ham yetmagan farzandini urib yuborgan. Natijada bola og‘ir tan jarohati olib, shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Chaqaloq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, shifoxonada vafot etgan”, — deydi Ahror Usmonov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dehqonobodda Nexia-3 haydovchisi 10 yoshli bolani urib ketgani, bola shifoxonada vafot etgani Buxoroda sodir bo‘lgan YTHda 14 yoshli maktab o‘quvchisi, Samarqandda esa Damas yo‘l chetidagi 9 yoshli bolani urib yuborishi oqibatida jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgani xabar berilgandi. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar