Daryo

Navoiyda sodir bo‘lgan YTHda Labo haydovchisi vafot etdi

Holat yuzasidan Navoiy shahar IIB FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov oldi surishturuv ishlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish57 918 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Farrux Yakubov

Navoiy shahri hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatga ega avtomobil yo‘lida Faton va Labo rusumli avtomashinalar to‘qnashuvi oqibatida bir nafar haydovchi vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB YHXB matbuot guruhi rahbari Farrux Yakubov ma’lum qildi.

Foto: Farrux Yakubov

Ta’kidlanishicha, 2021-yilning 13-avgust kuni taxminan soat 17:20 da Navoiy shahar hududidan o‘tgan 4/R64G davlat ahamiyatga ega avtomobil yo‘lining 12-13 kilometrida avtomashinalar to‘qnashuvi sodir bo‘lgan.

Foto: Farrux Yakubov

Karmana tumanida yashovchi 49 yoshli haydovchi N.I. boshqaruvida bo‘lgan Labo rusumli avtomashinada Navoiy—Qarnab yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelib, charchoqdan chalg‘ishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan. Hamda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Faton rusumli avtomashinaga urilgan. Labo’ning mudhish darajada shikastlanishi natijasida haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga ham yetmay tez tibbiy yordam avtomashinasida vafot etgan.

Foto: Farrux Yakubov
Holat yuzasidan Navoiy shahar IIB FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar