Daryo

Fotoreportaj: “Tolibon” qo‘liga o‘tgan Afg‘onistonda nimalar sodir bo‘lmoqda?

“Tolibon” 15-avgust kuni Afg‘oniston ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini e’lon qildi

3 daqiqa o‘qish370 566 ko‘rishlar0 izoh0
“Tolibon” Qandahorda patrullik qilmoqda Foto: EPA

“Tolibon” 15-avgust kuni Afg‘oniston ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini e’lon qildi, respublika prezidenti Ashraf G‘ani chet elga qochib ketdi. “Tolibon” qo‘liga o‘tgan mamlakatda nimalar ro‘y berayotgani haqida “RBK” fotoreportaj tayyorladi.

“Tolibon” Afg‘oniston poytaxti Kobulda. “Tolibon”ning da’vo qilishicha, ular Kobulda tartibsizliklar va talon-torojlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shaharni egallagan, chunki hukumat xavfsizlik kuchlari Kobulni tark etgandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ilgari jangarilar bosib olgan hududlarda zo‘ravonlik va sudsiz qatl qilish hollari haqida xabar bergan.Foto: Twitter
Afg‘oniston aholisi “Tolibon” rahbarligi ostida yashashga tayyorlanmoqda. Mahalliy fuqaro dunyoviy kiyimdagi ayollarning suratlarini devorlardan o‘chirib tashlamoqda. “Tolibon” mamlakatdagi barcha ayollar paranji kiyishi shartligini e’lon qilgandi.Foto: Twitter

Mavzuga doir: “Tolibon” Afg‘onistonni egallab olgach, matbuot va ayollar uchun o‘z shartlarini e’lon qildi

Kobuldagi xorijiy elchixonalar oldida odamlar navbatda turibdi.Foto: Twitter
Kobuldagi AQSh elchixonasi yonidan tutun ko‘tarilmoqda. AP manbalarining xabar berishicha, amerikaliklar elchixona tomida maxfiy hujjatlarni yoqishmoqda. CNN xabariga ko‘ra, 15-avgust kuni AQSh mamlakatda qolgan diplomatlarini evakuatsiya qilishni boshlagan.Foto: AP Photo
Qandahor politsiyasining sobiq rahbari Tadin Xon Hindistonga qochib ketdi. Yuqorida Xonning Nyu-Dehlidagi Indira Gandi xalqaro aeroportida olingan surati.Foto: Twitter

Mavzuga doir: Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’fo berishga rozi bo‘ldi va mamlakatni tark etdi

Kobulni egallashdan oldin “Tolibon” tarafdorlari Afg‘oniston sharqidagi Nangarhor viloyatining ma’muriy markazi Jalolobodni jangsiz bosib oldi. Bu hukumat nazorati ostidagi poytaxtdan tashqari so‘nggi muhim nuqta edi. Jalolobod gubernatori qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shaharni topshirdi.Foto: EPA
Ayni vaqtda Kobul: shahar markazi kimsasiz qolgan, aeroportga olib boradigan yo‘llarda tirbandlik yuzaga kelgan. “Tolibon” barcha chegara punktlarini egallab olganidan so‘ng endilikda mamlakatni faqat poytaxt aeroporti orqali tark etish mumkin.Foto: Twitter
Kobulda “tartibsizliklarni bostirish” uchun soat 21:00 dan boshlab komendantlik soati joriy etildi. “Tolibon” patrullari ko‘chalarda kuzatuv olib bormoqda, jangarilar qo‘lida qurol bilan ko‘rgan kishisini “qattiq jazolashni” va’da qilgan.Foto: Twitter
“Tolibon” jangarilari Jalolobodda patrullik qilmoqda.Foto: EPA
“Tolibon” tarafdorlari jangarilar g‘alabasini olqishlamoqda.Foto: Twitter
“Tolibon” Jalolobodda. Mamlakatdagi beshinchi yirik shahar — Jalolobodning gubernatori hokimiyatni Shayx Nida Muhammadga topshirdi.Foto: Twitter
Afg‘onistonliklar poytaxtdagi Kobul bankidan pul olish uchun bank yonida soatlab navbat kutmoqda.Foto: AP Photo
“Tolibon” Qandahorda patrullik qilmoqda.Foto: EPA
Afg‘onistonliklar Eronning Kobuldagi elchixonasi oldida viza olish uchun uzun navbat hosil qilgan.Foto: AP Photo
“Tolibon”ning axborot va madaniyat bo‘limi rahbari Ahmadulla Muttaki jurnalistlar bilan.Foto: EPA
Afg‘onistonliklar Kobul aeroportiga ketmoqda.Foto: Reuters
Jaloloboddagi “Tolibon” patrullari.Foto: EPA

Mavzuga doir: Toliblar Afg‘onistonni egalladi. Bu yangi IShIDmi? Nima uchun bu voqeaning oqibati butun dunyo uchun ayanchli bo‘lishi mumkin?

“Tolibon” Jalolobodda.Foto: EPA
Kobul.Foto: Reuters

Mavzuga doir: “Tolibon” Afg‘onistonda urush tugaganini e’lon qildi

Kobuldagi viza olish markazida navbat kutayotgan odamlar.Foto: Twitter
AQShning Chinook vertolyoti Kobuldagi AQSh elchixonasi binosi yonida uchib ketmoqda.Foto: AP Photo

Mavzuga doir: Ikki fotosurat: AQSh elchixonasini 1975-yili Saygondan va 2021-yili Kobuldan evakuatsiya qilish jarayoni

Hukumat kuchlari tomonidan tashlab ketilgan Afg‘oniston armiyasi samolyoti.Foto: Twitter

Mavzuga doir: Dunyo “Tolibon”ning Afg‘onistondagi g‘alabasiga qanday munosabat bildirdi? Mamlakatlar o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilmoqda, Rossiya o‘tish davri hukumati bilan hamkorlik qilmoqchi, Rim papasi duoda

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar