Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toyota Corolla dunyodagi eng ommabop avtomobil nomini saqlab qolmoqda. Markaning Avstraliyadagi bo‘linmasi yaqinda kompaniya 50 millioninchi modelini sotib rekord o‘rnatgan edi. Bunda Avstraliya bozori muhim rolni o‘ynagan: birinchidan, Avstraliya Corolla birinchilardan bo‘lib eksport qilingan mamlakatga aylangan (1966-yilda), ikkinchidan, mahalliy bozorda 54 yildan buyon 1,5 million dona shu kabi mashina sotilgan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Toyota

Foto: Toyota

Bugungi kunda Toyota Corolla dunyoning 150 mamlakatida taqdim etilgan bo‘lib, Yaponiya, Braziliya, Venesuela, Xitoy, Pokiston, Janubiy Afrika, Tayvan, Tailand, Vyetnam, Turkiya, AQSh va Buyuk Britaniyadagi 12 ta zavodda ishlab chiqariladi. Statistikaga ko‘ra, dunyoda har 30 soniyada bitta Corolla sotiladi.

1966-yildan buyon ishlab chiqarilayotgan va hozirga qadar 12 avlodni almashtirgan model 1997-yildan buyon tarixda eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar reytingiga yetakchilik qilgan. 2005-yilda Corolla 30 million nusxada sotilgani sabab “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritilgan.

Avvalroq Toyota Land Cruiser 300 ning ayrim versiyalari uchun navbat to‘rt yilga cho‘zilib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Navbat buyurtmalar qabul qilinishidan oldin paydo bo‘lgan — iyul oyidan avgust boshiga qadar 20 mingdan ortiq ariza kelib tushgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi