Daryo

Buxoroda Matiz urib yuborishi oqibatida 58 yoshli velosipedchi vafot etdi

Fuqaro yo‘lni piyodalar o‘tish qismidan kesib o‘tayotgan bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish28 910 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IIV

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida Matiz urib yuborgan 58 yoshli velosipedchi shifoxonada vafot etdi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati.

Foto: IIV axborot xizmati

Ma’lum bo‘lishicha, tuman hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatiga ega yo‘lda Matiz avtomobili 58 yoshli velosiped haydovchisini urib yuborgan. Aniqlanishicha, yo‘lni piyodalar o‘tish qismidan kesib o‘tayotgan fuqaro mazkur hodisa oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Bundan tashqari viloyatning Romitan tuman Gazli cho‘l hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatiga ega yo‘lda Nexia mashinasi yo‘l chetiga ag‘darilgan. Bunga haydovchining ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan. Qayd etilishicha, hodisa oqibatida haydovchi va 1 nafar yo‘lovchi og‘ir jarohat olgan.

Yana bir holatda, Buxoro tumani “Dekcha” MFY hududidagi avtomobil yo‘lida Nexia va Damas ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, Nexia bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Damas mashinasining orqa qismiga urilgan. Mazkur hodisa oqibatida Nexia haydovchisi bosh miya yopiq shikastlanishi tashxisi bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Bundan avval Namanganda Damas ikkita “Jiguli” bilan to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etgani, Murod Xonto‘rayev vafot etgan YTH bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani hamda Qamchiq dovonida Captiva yo‘l chetiga ag‘darilishi oqibatida 5 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar