Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida Nexia YTHga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea YTH M 39 xalqaro avtomobil yo‘lining Sherobod tumanidan o‘tuvchi 1401-kilometrida yuz bergan. Nexia haydovchisi Termiz shahri tomon harakatlanib ketayotib uxlab qolishi oqibatida dastlab yo‘l chetidagi beton to‘siqqa, so‘ng simyog‘ochga urilib to‘xtagan.
Oqibatda mashinaning old o‘rindig‘ida ketayotgan yo‘lovchi olgan tan jarohatlaridan voqea joyida halok bo‘lgan.