Daryo

Samarqanddagi uyda yong‘in yuz berib, unga qo‘shni uyga ham zarar yetkazdi

Birinchi uyning 150 kvadrat metr, qo‘shni uyning esa 10 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib, zararlangan

1 daqiqa o‘qish62 160 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV matbuot xizmati

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidagi xonadonlarning birida yong‘in yuz berib, unga tutash uyga ham zarar yetkazdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 11-avgust kuni soat 10:32 da tumanning “Mirzoto‘p” MFY, P.Xudoyberdiyev ko‘chasida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:38 da voqea joyiga yetib borib, soat 11:03 da yong‘in o‘rab olingan va soat 11:34 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida bir-biriga tutash qurilgan uylarda birinchisining 150 kvadrat metr hamda qo‘shni uyning 10 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib, zararlangan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Xabarda aytilishicha, hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Samarqand shahrining Shohizinda ko‘chasida 5 ta xonadonda yong‘in yuz bergani, shaharning “Bog‘ibaland” MFYda joylashgan bir-biriga tutash ikki uy yonib ketgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar