Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Moskva–Volgograd avtomobil yo‘lida 2021-yilning 30-iyun kuni yuz bergan avtohalokatda tan jarohatini olgan fuqarolar Vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qilmoqda.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Fuqaro B.G. va K.G.ning davolanishi bilan bog‘liq xarajatlari sug‘urta kompaniyasi hamda Volgograd viloyatidagi o‘zbek diasporasi vakillari tomonidan yig‘ilgan mablag‘lar hisobidan to‘lab berildi.

Ushbu fuqarolar shifoxonada to‘liq reabilitatsiyadan o‘tganidan so‘ng, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Volgograd–Moskva–Urganch yo‘nalishida aviachipta rasmiylashtirildi.

Fuqarolar 10-avgust kuni Urganch shahriga yetib keldi.

Bundan avval Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Moskvadagi ommaviy mushtlashuvlar bo‘yicha Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqqani, Rossiyada majburiy mehnatdan ozod qilinishini so‘ragan 6 nafar o‘zbekistonlikka yordam berilgani hamda Rossiyada baxtsiz hodisaga uchragan va majburiy mehnatga jalb qilingan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta zapravkaga benzin yetkazib berish to‘xtatildi