Daryo

Namanganda Lacetti kelib urilgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi

Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish45 292 ko‘rishlar0 izoh0

Namangan viloyatining Pop tumanida Lacetti va Damas ishtirokida yuz bergan YTHda bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 4-avgust kuni soat 07:00 larda 4R-112 Farg‘ona halqa yo‘lining 25 kilometrida, Pop tumani “Uchuyli” MFY hududida yuz bergan. 32 yoshli fuqaro Lasetti’ni ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib, yo‘lning chap tomoniga burilayotgan Damas bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Damas’ning 56 yoshli haydovchisi olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 4-avgust kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport harakati xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Namanganning Pop tumanida Nexia yo‘l chetidagi pastlikka qulashi oqibatida yo‘lovchi ayol vafot etgani, Kosonsoy tumanida ikki Damas to‘qnashuvi oqibatda to‘rt yashar qizaloq halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar