Andijonda yuk mashinasi uy devorini buzib kirdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Foto: YHXBB

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 5-avgust kuni soat 06:00 larda Andijon viloyati, Andijon tumani, “Xakan” QFY hududidan o‘tgan yo‘lda haydovchi, 1997-yilda tug‘ilgan I.A. “ZIL-131” rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan haydovchi, 1989-yilda tug‘ilgan I.B. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobilga to‘qnashib boshqaruvni yo‘qotgan va atrofdagi uy devorini buzib kirib, avtomobil ag‘darilgan.

YTH oqibatida yuk avtomobil haydovchisiga shifoxonada birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Foto: YHXBB

Mazkur YTH yuzasidan Andijon tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Bundan avval Qashqadaryoda katta tezlikda yo‘l yoqasidagi do‘konga borib urilgan Nexia haydovchisi halok bo‘lgani, Samarqandda Lacetti katta tezlikdan yo‘l yoqasidagi uyga urilishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi vafot etgani hamda Jizzaxda katta tezlikda harakatlangan BMW mashinasi Nexia’ni siqib, YTH sodir etgani haqida xabar berilgandi.