Daryo

Video: Qarshi shahridagi markaziy ko‘chada MAN yuk mashinasi Nexia-3’ni surib, yo‘l chetiga chiqarib yubordi

Oqibatda Nexia-3 haydovchisi tan jarohati olib, shahar shifoxonasiga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish75 773 ko‘rishlar0 izoh0

Qarshi shahridagi markaziy ko‘chalarning birida MAN yuk mashinasi va Nexia-3 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Qarshi shahar IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi axborot xizmati inspektori Ahror Usmonov xabar berdi.

Ma’lumot berilishicha, mazkur YTH 2021-yilning 2-avgust kuni soat 14:50 da Qarshi shahridagi Islom Karimov hamda Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan.

1997-yil tug‘ilgan haydovchi E.D. boshqaruvida bo‘lgan MAN rusumli yuk mashinasi Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelib, Islom Karimov ko‘chasida harakatini davom ettirayotgan I.U. boshqaruvidagi Nexia-3 bilan to‘qnashgan. Oqibatda Nexia-3 haydovchisi tan jarohati olib, shahar shifoxonasiga yotqizilgan.

“Mazkur holat bo‘yicha Qarshi shahar YHXB xodimlari tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Qarshi shahar YHXB barcha haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, svetoforning taqiqlovchi ishoralariga va yo‘l harakati qoidalariga rioya etishingizni so‘rab qoladi”, — deydi Qarshi shahar YHXB axborot xizmati inspektori Ahror Usmonov.

Avvalroq Jizzaxda katta tezlikda harakatlangan BMW mashinasi Nexia’ni yo‘ldan siqib chiqarishi oqibatida YTH sodir etilgani, Toshkentda Nexia bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketgan tez yordam mashinasidagi yo‘lovchi vafot etgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar