Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Boks bo‘yicha +91 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov 4-avgust kuni yarim final jangida ishtirok etdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

O‘zbekistonlik bokschi yarim finalda Buyuk Britaniya vakili Freyzer Klarkka qarshi bahs olib bordi. Birinchi raund to‘liq Bahodirning ustunligida o‘tdi. Ikkinchi raund boshida Jalolov nokdaun holatiga tushdi, biroq shundan keyin Bahodir vaziyatni nazorat qildi va ikkinchi raundni ham o‘z foydasiga hal qildi.

Uchinchi raund o‘tib borayotgan vaqtda Klarkning jarohati sabab jang to‘xtatildi. Shu vaqtga to‘plagan ochkolar hisobida Jalolov finalga yo‘l oldi.

Jalolov — Klark jangi videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — video

Jalolov finalda AQSh vakili Richard Torresga qarshi jang qiladi. Amerikalik bokschi yarim finalda qozog‘istonlik Kamshibek Kunkabayevni taslim etdi. Final 8-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda (video)
Mahalliy
Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi
Mahalliy
Narxi 16 ming dollar, vazni 200 kilogrammdan oshadi – “Naslli qo‘chqorlar ko‘rgazmasi”dan reportaj