Bentley’ning hozirga qadar eng muvaffaqiyatli daromadi 2014-yilda qayd etilgan edi — 887 million yevro, operatsion foyda — 95,2 million yevro. Kompaniya 2021-yilning birinchi yarim yilligida bu boradagi bir nechta rekordlarini yangiladi. Xususan, kompaniya o‘tgan olti oy ichida 1,32 milliard yevro daromad, 178 million yevro foyda ko‘rgan, savdo rentabelligi esa 13 foizni tashkil etgan. Yanvardan iyun oyiga qadar 7199 ta avtomobil sotildi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Bentley

Britaniyaning lyuks avtomobillar ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Bentley kompaniyasi 2021-yilning dastlabki yarim yilligida 178 million yevro foyda ko‘rdi — bu marka tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Yanvarda iyunga qadar chakana savdo 2019-yilgi natijalar bilan taqqoslaganda qariyb ikki barobarga o‘sgan: 2019-yilda 4785 ta avtomobil sotilga edi. Savdolar Bentley’ning asosiy uchta modeli orasida teng taqsimlangan: Bentayga krossoveri (2767), Continental GT kupesi va GTC kabrioleti (2318) hamda Flying Spur sedani (2063).

Qariyb 10 yil ichida birinchi bor Bentley Xitoyda eng ko‘p xarid qilingan — 2155 ta, ikkinchi o‘rinda Shimoliy va Janubiy Amerika (2049), undan keyingi pog‘onadan Yevropa davlatlari (1142 ta), Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (778 ta) va Buyuk Britaniya o‘rin olgan. Afrika va Hindistonda ushbu ko‘rsatkich 521 ta avtomobilni tashkil etgan. 2021-yilning dastlabki yarim yilligida kompaniyaning daromadi 1,32 milliard yevroni tashkil etgan (2019-yilda 834,8 million yevro edi).

Avvalroq Bentley kompaniyasi Mayamida o‘zining osmono‘par turar joy binosini qurishi to‘g‘risida xabar berilgandi.