Aktyor Jan-Klod Van Damm Parij markazidagi zargarlik do‘koniga o‘g‘irlikka tushgan shaxslarga tasodifan yordam berib qo‘ydi. U jinoyat joyida paydo bo‘lib, potensial guvohlarni chalg‘itgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Ko‘ngilsiz hodisa 27-iyul kuni sodir bo‘lgan. O‘g‘ri soat 17:10 larda Chaumet do‘koniga xaridor sifatida kirgan va sotuvchi bilan suhbatlashgan. Shundan so‘ng, u pichoq bilan unga tahdid qilib, 2-3 million yevro turuvchi qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab, elektrosamokatda qochib ketgan.

Foto: Twitter / @LesNews

O‘g‘irlik sodir etilgan vaqtida do‘kon yaqinida 60 yoshli Van Damm paydo bo‘lib, ommaning e’tiborini o‘ziga qaratgan. Bu esa jinoyatchiga yashirinish uchun imkon bergan.

Natijada kuzatuv kameralari yordamida o‘g‘rining shaxsiga aniqlik kiritilgan. U sheriklari bilan birga ertasi kuni Fransiya sharqidagi avtostradada qo‘lga olingan.

Foto: Twitter / @LesNews

Politsiyaning ma’lum qilishicha, o‘g‘irlab ketilgan qimmatbaho buyumlarning bir qismini qaytarishga muvaffaq bo‘lingan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Van Damm hujjatlari bilan bog‘liq muammo sabab o‘ldirilishi kerak bo‘lgan chixuaxuaning hayotini saqlab qolgandi.