Daryo

O‘zbekistonda yanvar—iyun oylarida sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 954 kishi halok bo‘ldi

2021-yilning o‘tgan 6 oyida bolalar bilan bog‘liq 542 ta YTH sodir etilib, ularda 458 nafar bola jarohatlangan va 104 nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish28 252 ko‘rishlar0 izoh0
Angrenda 8 transport ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YTH oqibatda 7 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jarohatlandi. Foto: “Daryo”

Oliy Majlis yuqori palatasining o‘n yettinchi yalpi majlisi oldidan 2021-yil 28-iyul kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar, qo‘mita huzurida tashkil etilgan Ekspert guruhi a’zolari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Foto: Senat matbuot xizmati

Majlisda Senatning o‘n yettinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan masalalar dastlabki tarzda muhokama qilindi va ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 6 oyida sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 95,3 foizi fosh etilgan, qidiruvdagi 1833 nafar shaxs ushlangan, bedarak yo‘qolgan 218 nafar shaxs topilgan.

O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq masalaga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, avtomobil yo‘llarida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ta’sirchan nazorat to‘liq va samarali o‘rnatilmagani sababli 2021-yilning 6 oyi davomida jami 3,5 millionga yaqin, 2020-yilga nisbatan 40,8 foizga ko‘p yo‘l harakati qoidabuzarligi qayd etilgan.

Oqibatda 3754 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 3170 nafar fuqaro jarohatlangan va 954 nafar fuqaro halok bo‘lgan. 2021-yilning o‘tgan 6 oyida bolalar bilan bog‘liq 542 ta YTH sodir etilib, ularda 458 nafar bola jarohatlangan va 104 nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘lgan.

Foto: Senat matbuot xizmati

Shuningdek, majlisda “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi hamda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonunlari ijrosi holati yuzasidan Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga e’tibor qaratildi.

Bundan avval Toshkentda yo‘ldan o‘tayotgan 61 yoshli kishi yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida halok bo‘lgani, Toshkentda 17 yoshli yigit Nexia-2 urib yuborishi oqibatida vafot etgani hamda Toshkentda ikkita Mercedes va Nissan ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar