Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

9-iyun kuni taxminan soat 04:35 larda Samarqand shahridagi gaz zapravkada turgan Nexia’ning gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda viloyati FVB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyati FVB axborot xizmati

Foto: Samarqand viloyati FVB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, shaharning Mirzo Bedil ko‘chasida joylashgan “Ishon Standart” MChJ ASGQShda fuqaro M.U. boshqaruvidagi 2002-yilda ishlab chiqarilgan Nexia rusumli avtoulovga o‘rnatilgan siqilgan gaz ballonning yorilishi bilan bog‘liq portlash sodir bo‘lgan.

Portlash oqibatida avtomobil va shoxobchaning gaz taqsimlash ayvonini tunukali shift qismi zararlangan.

Foto: Samarqand viloyati FVB axborot xizmati

Foto: Samarqand viloyati FVB axborot xizmati

Ushbu hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan va tan jarohati olganlar yo‘q.

Avvalroq Qashqadaryoda harakatlanayotgan Nexia’ning gaz balloni portlashi oqibati ikki kishi halok bo‘lgani, Farg‘onadagi zapravkada “Jiguli”ning gaz balloni portlashi oqibatida mashina haydovchisi va yana bir kishi tan jarohati olgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda