“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
11:53, 28.07.2021 17802

Louis Vuitton brendi Charlie nomli ekologik toza krossovkalarni yaratdi

Louis Vuitton dizaynerlari 90 foizi qayta ishlangan materiallardan tashkil topgan krossovkani ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur o‘ziga xos modelga Charlie deb nom berilgan.

Foto: Louis Vuitton

Nafaqat erkaklar, balki ayollar uchun ham mo‘ljallangan oq krossovka, ikki xil – kalta va tepa qismi balandroq turadigan variantda taqdim etilgan. Charlie’ning ustki qismi qayta ishlangan poliester va biopolioli deb nomlangan makkajo‘xori asosidagi plastik qatlam bilan qoplangan.

Foto: Louis Vuitton

Foto: Louis Vuitton

Tag qismi 94 foiz qayta ishlangan kauchukdan iborat poyabzalning bog‘ichlari 100 foiz qayta ishlangan neylondan tashkil topgan. Ichki tagcharm hamda astar asosida qayta ishlangan poliuretan va poliester borligini ko‘rish mumkin.

Foto: Louis Vuitton

Qayta ishlangan quti ichiga joylanadigan krossovkalarni 12-noyabrdan boshlab brendning rasmiy sayti orqali sotib olish mumkin bo‘ladi.