Fransiyaning Balenciaga brendi tomonidan yangi kiyib bo‘lmaydigan poyabzal modeli taqdim qilindi. Bu haqda Esquire xabar beradi.

Foto: Esquire

Brend uy uchun mo‘ljallangan interyer va art-obyektlarni ishlab chiqarishni boshladi. Yangi buyum va dekorlar surati saytning Objects deb nomlangan bo‘limiga kiritilgan.

Taqdim qilingan buyumlar orasida Balenciaga’ning eng mashhur poyabzal modellaridan biri Track.2 krossovkasi ko‘rinishidagi skulptura o‘rin olgan.

Mazkur jez (rux va misdan iborat qotishma) ishlangan skulptura, palkladiy bilan qoplangan bo‘lib, 41-o‘lchamga mos keladi. Og‘irligi 2,5 kiloni tashkil qiladigan obyekt 16 ta detaldan iborat.

Krossovka ko‘rinishidagi skulptura Italiyada, cheklangan 20 nusxada ishlab chiqarilgan. Uni Balenciaga’ning butun dunyodagi do‘konlaridan 5390 yevro, ya’ni 66 536 929 so‘mga xarid qilish mumkin.

Keyinchalik Objects doirasida kolleksiya buyumlari taqdim qilinadi, deyiladi xabarda.