Pokiston harbiylari “Tolibon” vakillari egallab olgan, Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyatiga o‘rnashishni boshladi. Bu haqda Afg‘onistonning RTA teleradioeshittirish kompaniyasining videolavhasiga tayanib “RIA Novosti” xabar qildi.

“Pokiston harbiylari ‘Tolibon’ egallab olgan hududga joylashishni boshladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Qandahor viloyatidagi Spin-Boldak tumani ‘Nazar’ xavfsizlik posti orqali Afg‘oniston zaminiga kirib kelganini ko‘rish mumkin”, — deyiladi teleradioeshittirish kompaniyasining videodagi izohida.
Avval “Tolibon” Pokiston bilan chegara hududidagi Spin-Boldak tumanini egallagab olgani xabar qilingandi. Mazkur hudud orqali o‘tgan xalqaro avtoyo‘l Afg‘onistonning eng katta shaharlaridan biri Qandahorni Pokistonning Belujiston provinsiyasi ma’muriy markazi Kvetta bilan o‘zaro bog‘laydi.
Afg‘onistonda “Tolibon” harakati hamda amaldagi hukumat o‘rtasida mamlakat boshqaruvi uchun kurash boshlangan. “Tolibon” AQSh va NATO qo‘shinlari mamlakatni tark eta boshlaganidan keyin qishloq hamda katta shaharlarni egallab olgan.Mavzuga doir: “Tolibon”, AQSh va Markaziy Osiyo. Afg‘onistondagi vaziyat haqida
2020-yil 12-sentabrda Qatar poytaxti Dohada Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” o‘rtasida tinchlik muzokaralari boshlangandi. AQSh administratsiyasi 2021-yil 29-aprelda Afg‘oniston hududidan harbiylarni olib chiqishni boshlagan va ushbu jarayonni 11-sentabrgacha yakunlashni rejalashtirgan. Mazkur harakatlar 2020-yilda Vashington va “Tolibon” o‘rtasida tuzilgan kelishuvda belgilangan edi, mazkur bitimda mamlakatda 18 yil davom etgan urushni to‘xtatish, xorij qo‘shinlarini hududdan olib chiqish va asirlar almashinuvidan keyin tinchlik uchun ichki muzokaralarni boshlash nazarda tutilgan.Mavzuga doir:“Tolibon” va dunyo: kim kimga kerak?
Avval “Tolibon” Afg‘oniston chegaralarining 90 foizini o‘z nazoratiga olgani va Afg‘onistonni xalq vakillaridan iborat kengash orqali boshqarish rejasi borligini bildirgani, keyinchalik Ashraf G‘ani hukumati iste’foga chiqsagina, o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishini ma’lum qilgani haqida xabarlar berilgan. O‘z navbatida Ashraf G‘ani AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali suhbatlashgan, suhbatda Vashingtonning 2022-moliyaviy yilda Afg‘onistonda xavfsizlikni ta’minlash uchun 3 milliard dollardan ziyod mablag‘ ajratishi mumkinligi xususida bayonot bergani qayd etilgandi.







