Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Bollivud yulduzi Anushka Sharma har kuni 10 ming qadam piyoda yurishini aytib o‘tdi hamda yo‘l-yo‘lakay suratga tushdi.

Foto: Instagram

Manzura “Madinaga borolmadim” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi.

Yulduz Rajabova yolg‘on g‘iybatlardan charchaganini aytib o‘tdi.

Foto: Instagram

Reper Shahriyor AQShda to‘y xizmatida bo‘ldi.

AQShda yashayotgan aktrisa Yulduz Hamidova qizi Fotimaga baxt tiladi.

Foto: Instagram

Jasur Umirov navbatdagi yangi qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi. Qo‘shiq “pulga erga tekkan” qizlar haqida.

Shahzoda o‘g‘li Xalidning suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Alisher Uzoqov haydovchilarga videomurojaat yo‘llab, qoidalarga amal qilishni so‘radi.

Ziyoda turmush o‘rtog‘i bilan tushgan surati izohida folloverlaridan baxt haqidagi fikrlarini so‘radi.

Foto: Instagram

Bloger Ozod Xurramov kasal bo‘lib qoldi. Uning Instagram’dagi sahifasi hozirda do‘stlari tomonidan yuritilmoqda.

Madina Mumtoz farzandlari bilan Istanbulni aylandi.

Foto: Instagram

Sardor Rahimxon san’atdan ketganidan keyin uysiz va mashinasiz qolib ketgani haqida gapirib berdi.