Shvetsiyaning Eskilstuna shahri yaqinidagi Xellbi qamoqxonasining ikki mahbusi ikki nafar xodimni garovga oldi. Avvaliga ular vertolyot talab qilgan, keyin esa 20 ta kabob-pitssa buyurgan, deb yozadi Esquire.

Foto: Legion Media

Qotillik uchun 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan 30 yoshli Isak Devit va 24 yoshli Xaned Mahamed Abdullahi qo‘riqchilar xonasiga kirib olib, tish cho‘tkasiga qotirilgan lezviyalar bilan tahdid qilgan holda qamoqxonaning ikki nafar xodimini garovga olgan. Jinoyatchilar, shuningdek, qamoqxonaning eng yuqori xavfsizlik klassiga ega kuzatuv kameralarini yopib qo‘ygan.

Shundan so‘ng, qamoqxonaga muzokarachi yuborilgan, qolgan mahbuslar ham erkaklarni taslim bo‘lishga chaqirgan. Qamoqxona binosi oldida tez yordam, o‘t o‘chirish mashinasi va politsiya vertolyoti navbatchilik qilgan. Muzokaralar soat 12:00 dan boshlangan, kechga borib jinoyatchilar vertolyot talab qilishni to‘xtatib, o‘zlari va kameradoshlari uchun 20 ta kabob-pitssa so‘ragan.

Pitssani olgan mahbuslar garovga olinganlarning birini, oradan ikki soat o‘tgach esa ikkinchisini qo‘yib yuborgan. Ozod etilgan kuzatuvchilarga hech qanday jarohat yetmagan. Jinoyatchilar qo‘lga olingan va politsiya mahkamasiga yetkazilgan.