Daryo

Braziliya qamoqxonasidagi mojaroda 52 mahbus halok bo‘ldi. Ulardan 16 nafarining kallasi olingan (video)

Mojaro 5 soatga yaqin davom etgani bildirilmoqda

1 daqiqa o‘qish153 270 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Korrespondent.net”

Braziliyaning Altamira shahridagi qamoqxonada yuz bergan mojaro oqibatida kamida 52 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: “Korrespondent.net”

Nonushta payti qamoqxonadagi ikki raqobatchi guruh o‘rtasidagi tortishuv ommaviy mushtlashuvga aylanib ketdi. Mojaro davomida mahbuslar qamoqxonaning ikki xodimini asir ham oldi, lekin keyinchalik ularni qo‘yib yubordi.

Halok bo‘lganlarning barchasi mahbuslar. Ulardan 16 nafarining boshi tanasidan judo qilingan. Qolganlari mahbuslarning o‘zi uyushtirgan yong‘in davomida tutundan bo‘g‘ilib o‘lgan.

Mojaro 5 soatga yaqin davom etgani bildirilmoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar