Daryo

Chiroqchida ikki Nexia to‘qnashuvida 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi

Har ikkala mashina haydovchisi esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish83 608 ko‘rishlar0 izoh0

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ikki Nexia ishtirokida yuz bergan YTHda 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Ma’lum bo‘lishicha, 12-iyul kuni soat 09:20 lar atrofida Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan Yettitom—Qarshi yo‘lining 53-kilometrida harakatlanib ketayotgan Nexia-1 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, o‘z yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia-2’ga to‘qnashgan.

Foto: Videodan kadr

Oqibatda har ikkala mashina haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Nexia-1’da yo‘lovchi sifatida ketayotgan ona-bola, Nexia-2’da esa bir nafar yo‘lovchi olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.

Avvalroq Qashqadaryoning Muborak tumanida yo‘lning notekisligi sabab yuzaga kelgan YTH oqibatida Nexia haydovchisi halok bo‘lgani, Qarshi shahrida yurib ketayotgan Nexia-2 yonib ketgani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar