Daryo

Namanganda mototsikl urib ketishi oqibatida ikki fuqaro shifoxonaga yotqizildi

Holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish25 232 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Namangan viloyati Pop tumanida mototsikl yo‘l chetida turgan ikki fuqaroni urib ketdi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 7-iyul kuni soat 21:30 larda G‘urumsaroy–Chodak–Guliston yo‘lining 36-kilometrida Pop tumanida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro “Ural” mototsiklini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘l chetida turgan Uychi tumanida yashovchi, 2001- va 1996-yilda tug‘ilgan fuqarolarni urib yuborgan.

Oqibatda piyodalar bel sohasini lat yeyishi va o‘tirg‘ich suyagining sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2021-yil 16-iyul kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (transport boshqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan avval yo‘lovchi madaniyatsizligi sabab qashqadaryolik haydovchi 245 ming so‘m jarima to‘laydigan bo‘lgani, Chiroqchida ikki Nexia to‘qnashuvida 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgani hamda Andijonda 21 yoshli fuqaro boshqaruvidagi yuk mashinasi yo‘l chetida to‘xtab turgan Cobalt’ni urib yuborgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar