Daryo

Toshkentda so‘nggi olti oy ichida ayollar bilan bog‘liq 43 ta YTH sodir etilgan

Ma’lum qilinishicha, sodir etilgan YTHlar oqibatida 5 nafar ayol vafot etgan, 66 nafar ayol tan jarohati olgan

1 daqiqa o‘qish24 120 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkentda so‘nggi olti oy ichida ayollar bilan bog‘liq jami 43 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, sodir etilgan YTHlar oqibatida 5 nafar ayol vafot etgan, 66 nafar ayol tan jarohati olgan.

Shuningdek, 2021-yilning yanvar—iyun oylari davomida YPX xodimlari tomonidan 1500 dan ortiq haydovchiga nisbatan transport vositasini mast holatda boshqarganlik bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, tungi reydlar davomida transport vositasi mast holatda boshqarayotgan ayollar ham uchramoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning dastlabki besh oyi davomida O‘zbekistonda 2960 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan bo‘lib, ular oqibatida 770 kishi halok bo‘lgan va 2365 kishi jarohat olgan. Mavzuga doir: Avvalroq O‘zbekistondagi yo‘l harakati sohasidagi muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgani, O‘zbekistonda yilning dastlabki choragida yo‘l-transport hodisalarida halok bo‘lgan bolalar soni 64,5 foizga oshgani hamda Farg‘onada bir haftada YTHlar oqibatida 20 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. 3-iyun kuni esa O‘zbekiston musulmonlari idorasi katta tezlikda mashina haydash oqibatida vafot etgan haydovchi o‘z joniga qasd qilgan maqomida bo‘lishi haqida fatvo bergan.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar