Daryo

Namanganda kanalda cho‘kib ketayotgan ayol qutqarildi

Katta Namangan kanalida oqib ketayotgan ayolni FVB xodimlari qutqarib qolgan

1 daqiqa o‘qish45 240 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Namangan viloyati Chortoq shahar hududidan oqib o‘tuvchi Katta Namangan kanalida cho‘kib ketayotgan ayol qutqarildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 15-iyun kuni soat 19:40 larda mazkur hududda xizmat olib borayotgan Chortoq tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari kanalda oqib ketayotgan ayolni ko‘rib qolgan. Shundan so‘ng FVB xodimlari zudlik bilan qutqaruv ishlarini amalga oshirgan.

Qutqaruvchilarning olib borgan tezkor sa’y-harakatlari natijasida fuqaro xushsiz holda qutqarib olinib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. O‘ziga keltirilgan ayol tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.

Qayd etilishicha, ayni paytda qutqarilgan ayolning ahvoli o‘nglangan.

Avvalroq Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida cho‘kib ketayotgan ikki kishini qutqarib qolgan FVV xodimlaridan biri halok bo‘lgani, Toshkentdagi Anhor kanalida cho‘kayotgan qizni qutqargan erkakning o‘zi suvga cho‘kib ketgani, Nukusda o‘zini kanalga tashlagan 19 yoshli qiz qutqarilgani,  Buxoroda 9 va 13-iyun kunlari maktab o‘quvchisi suvga cho‘kib vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar