Daryo

Nukusda o‘zini kanalga tashlagan qiz qutqarildi. Bu shaharda so‘nggi 2 oydagi uchinchi shunday holat

Ayni paytda holat yuzasidan Nukus shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish44 028 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida o‘zini Do‘stlik kanaliga tashlagan qiz qutqarildi, deb xabar bermoqda Milliy gvardiya matbuot xizmati.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 10-iyun kuni soat 22:10 larda jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan patrul yo‘nalishida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga Nukus shahri hududi bo‘ylab o‘tgan Do‘stlik kanaliga bir qiz o‘zini tashlagani haqida xabar kelib tushgan. Ular voqea joyiga yetib borib, o‘zini kanalga tashlagan qizni suvdan qutqargan.

Qizga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan. Dastlabki surishtiruvlar mobaynida u Qorako‘z tumanida yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan U.T. ekanligi aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, ayni paytda holat yuzasidan Nukus shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nukusda shunday holat 26-aprel va 19-may kuni yuz bergan. Aprelda 21 yoshli qiz, may oyida esa 16 yoshli qiz o‘zini kanalga tashlagandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar