Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yo‘ldan o‘tayotgan 55 yoshli ayol yuk poyezdi urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi. Viloyat prokuraturasi “Sirdaryo xabarlari”ga bu xabarni tasdiqlagan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, voqea 4-iyul kuni soat 12:20 larda Guliston—Oqoltin temiryo‘l bekatlari oralig‘i, 3484-kilometri 1-piketida yuz bergan. Yuk poyezdi Guliston shahar 3-mavzedan “Bahor” mahallasiga o‘tish joyida bo‘lgan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan Guliston shahrida yashovchi 55 yoshli ayol M.D.ni urib yuborgan.

Oqibatda ayol olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirda Xovos transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida Xovos—Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi elektropoyezdi 22 yoshli ayolni o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida urib yuborgani haqida xabar berilgan edi. Ayol olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...