Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Temir daftar”da qayd etilgan oilalarning har bir farzandiga o‘quv qurollari va maktab formasi sotib olish uchun avgust oyida 500 ming so‘mdan moddiy yordam beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentning ma’lum qilishicha, ipoteka dasturi doirasida uy-joy sotib olish uchun yosh oilalarga qo‘shimcha 2 mingta kvota ajratiladi va ushbu maqsadlar uchun budjetdan 60 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

“Yosh oilalarning ipoteka kreditini qaytarishga to‘lagan mablag‘lari daromad solig‘idan to‘liq ozod qilinadi.

‘Daftarlar’ga kirgan oilalarning yangi turmush qurayotgan farzandlariga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy tiklashi uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, “temir daftar”da qayd etilgan oilalarning har bir farzandiga o‘quv qurollari va maktab formasi sotib olish uchun avgust oyida 500 ming so‘mdan moddiy yordam beriladi”, – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Bundan avval O‘zbekistonda maktab bitiruvchisiga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kamida bitta kasb yoki hunarni egallash majburiy bo‘lishi, O‘zbekistonda 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti 7 yil muddatga 14 foiz stavka bilan berilishi hamda O‘zbekistondagi faol yoshlar deputat va senatorlarga biriktirilishi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
BMTda Shinjondagi uyg‘urlarga nisbatan jinoyatlarni tekshirishga 19 ta davlat qarshi chiqdi, ular orasida O‘zbekiston va Qozog‘iston ham bor
Mahalliy
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 8-oktabr kuni kechasi harorat 3 darajagacha tushadi
Dunyo
Zaporojyega uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi (foto)