• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda 14 yoshli qizni zo‘rlab kelgan cho‘pon 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

    Buxoroda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik qilgan cho‘pon 3 yilga qamaldi. Bu haqda “Gazeta.uz” Oliy sud axborot xizmatiga tayanib xabar berdi.

    Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning avgust oyida Qorako‘l tumanidagi “Bandboshi” MFY fuqarosi A.S. (1989-yilda tug‘ilgan) tumandagi boshqa mahalla yig‘inida yashovchi Sh.R. bilan tanishib qolgan. Har ikkisi cho‘ponlik bilan shug‘ullangan. Sh.R. yangi tanishi bo‘lgan A.S. bilan do‘stlashib, uni tez-tez xonadoniga olib keladigan bo‘lgan.

    A.S. fuqaro Sh.R. ning turmush o‘rtog‘i, uch nafar qizi va bir o‘g‘li bilan tanishgan. 2020-yilning 20-oktabrida ular birgalikda Qorako‘l cho‘l hududidagi “Chibirdon ota” ziyoratgohiga borishgan. Sh.R.ning katta qizi — tumandagi maktabning 8-sinf o‘quvchisi, 14 yoshli A.X. (2006-yilda tug‘ilgan)ning qo‘l telefoni raqamini olgan A.S. hali voyaga yetmagan qizga ishqiy izhorlarini SMS orqali yo‘llab turgan.

    Voyaga yetmagan qizga turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganini va unga uylanishini bildirgan. Qiz o‘zidan 17 yosh katta erkakning yozishmalaridan qo‘rqib, undan bunday SMSlar yozmaslikni, ota-onasi bilib qolsa, qattiq jazolashi mumkinligini aytgan. A.S. kunora yangi tanishini ko‘rish bahonasida ularning xonadoniga kelib ketavergan.

    14-noyabr kuni soat 10:00 larda A.X. maktabdan qaytgan va bu paytda hovlida hech kim bo‘lmagan. Erkak esa qizning qarshiligiga qaramay, uning qo‘lidan tortib, mashinasining orqa o‘rindig‘iga majburlab o‘tirg‘izgan va mashina eshiklarini qulflab, haydab ketgan. Qorako‘l tumanida joylashgan “Eshonqul-Niyoz” fermer xo‘jaligi dala shiyponiga olib borib, zo‘rlik va kuch ishlatish yo‘li bilan qizni mashinadan tushirgan. Shiypon qorovulxonasiga voyaga yetmagan qizni majburlab olib kirgan cho‘pon uning qarshiligiga qaramay, jinsiy zo‘ravonlik qilgan va nomusini toptagan.

    Shundan so‘ng A.S. 14 yoshli qizga bu holatni hech kimga aytmasligini, 11-sinfni tugatganidan so‘ng unga uylanishini, bu ishdan ota-onasi xabar topsa, har ikkisini ham o‘ldirishi mumkinligini aytib qo‘rqitgan.

    Voyaga yetmagan qizni tez-tez uchrashuvga taklif qilgan va qiz rad etganda, holatdan ota-onasi hamda boshqalar ham xabar topishini aytib, po‘pisa qilgan. Gap-so‘z tarqalishidan qo‘rqqan A.X. u bilan uchrashuvlarga chiqib turgan. Cho‘pon qizga turli va’dalar berib, keyinchalik ixtiyoriy rozi bo‘lgan qiz bilan “Qandim” zavodi tomondagi cho‘l hududidagi cho‘lda, mashinasi ichida ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan.

    Qiz 2021-yil 21-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan holatlarni onasi M.R.ga aytib bergan. 22-yanvar kuni fuqaro M.R. tuman IIBga holat yuzasidan ariza bilan murojaat qilib, A.S.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

    Ariza yuzasidan olib borilgan tezkor tergov-surishtiruv ishlari davomida A.S. barcha aybni voyaga yetmagan qizga ag‘darib, turli ishqiy maktublar yozgani, uni tinch qo‘ymaganini, shundan so‘ng u bilan uchrasha boshlaganini bildirgan. Qo‘shimcha qilinishicha, voyaga yetmagan 14 yoshli qizni nomussizlikda, ya’ni birinchi jinsiy aloqada bokira emaslikda ayblagan va qiz tomonidan yozilgan ishqiy maktublarni ko‘rsatgan.

    Voqea tafsilotlari to‘liq o‘rganilganda cho‘pon bir necha bor uchrashuvlari paytida qizning voyaga yetmagani va g‘o‘rligidan foydalanib, o‘z nomiga turli ishqiy mazmundagi xatlarni qizning qo‘li bilan yozdirib olgani oshkor bo‘lgan.

    Sud davlat ayblovchisining xulosasini, jabrlanuvchi — voyaga yetmagan A.X. va A.S.ning hufyona ishqiy uchrashuvlari borasidagi ish hujjatlarini o‘rganib chiqqan. Sud jinoyat ishida to‘plangan boshqa dalillar orqali A.S.ning jinoiy xatti-harakatlarini fosh etgan.

    Uning “Men qiz bilan takroran jinsiy aloqada bo‘lmaganman, uni majburlamaganman” degan vajlarini asossiz, deb hisoblagan. Natijada A.S. o‘z aybini tan olishga majbur bo‘lgan.

    Sud tomonidan sudlanuvchining qilmishlari oilaviy munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini va boshqa ijtimoiy muammolar keltirib chiqarishini nazarda tutib, uni jamiyatdan ajratmagan holda qayta tarbiyalash mumkin emas, degan qat’iy fikrga kelindi. 30-may kunidagi sud hukmiga ko‘ra, A.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 2-qismining “a” bandi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilsa) sanksiyasi doirasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Ushbu bandga ko‘ra, A.S. jazoni uch yil muddatga manzilli koloniyalarda o‘taydi.

    Bundan avval Jizzaxda maktab o‘quvchisini zo‘rlagan shaxs jinoyati 20 yil o‘tib fosh bo‘lgani, Toshkent viloyatida 14 yoshli qizning nomusiga tegganlikda gumonlanayotgan shaxs qamoqqa olingani ma’lum qilingani hamda Sirdaryodagi maktab hojatxonasida 8 yoshli qizga nisbatan axloqsiz harakatlarni amalga oshirgan erkak 10 yilga qamalgani haqida xabar berilgandi.

    30.06.2021, 19:11   Izoh (0)   167171
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Daryo” muxbirlari Musulmonbek Ibrohimov va Mirolim Isajonov “Tahsin” mukofotini qo‘lga kiritdi

    30.06.2021, 18:09

    Qashqadaryoda Nexia-3 urib yuborishi oqibatida velosiped mingan bobo va nabira vafot etdi

    30.06.2021, 17:40

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi

    30.06.2021, 17:10

    “Maoshining yarmini bir yil to‘plasa, mashina olishi mumkin”. O‘zbekistonlik sudyalarning eng kam maoshi necha mln so‘mdan boshlanishi ma’lum qilindi

    30.06.2021, 16:56

    Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Inklyuziv marafon-sayl” o‘tkazildi

    30.06.2021, 16:18

    O‘zbekiston yashirin iqtisodiyotning YaIMdagi ulushi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda

    30.06.2021, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.