O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 16-iyun kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini oshirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 570 so‘mga sotib olishni, 10 670 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, may oyida dollar kursi 10 650 so‘mga qadar ko‘tarilgan, iyun boshida esa 10 600 so‘mga qadar tushgandi. 15-iyun kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursi yana 10 660 so‘mga qadar oshdi.

Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:

  • “Agrobank” sotib olish — 10 590, sotish — 10 670;
  • Asia Alliance Bank: sotib olish ­­— 10 600, sotish — 10 660;
  • NBU: sotib olish — 10 590, sotish – 10 660;
  • Orient Finans Bank: sotib olish — 10 570, sotish — 10 670;
  • “Savdogar bank”: sotib olish — 10 570, sotish — 10 670.

Markaziy bank fevral oyi o‘rtalaridan boshlab dollar kursini avvalgidek har hafta emas, har ish kuni e’lon qilib bormoqda. 15-iyun kuni e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda dollarning qiymati 10 616 so‘mni tashkil qilmoqda.