Daryo

O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 10 600 so‘mdan tushdi

Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 510 so‘mga sotib olishni, 10 590 so‘mga sotishni taklif qilmoqda

1 daqiqa o‘qish31 604 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 4-iyun kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursi pasaydi, deb xabar bermoqda Spot.

Foto: “Daryo”

Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 510 so‘mga sotib olishni, 10 590 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. May oyida tijorat banklarida dollar kursi 10 650 so‘mga qadar ko‘tarilgandi.

Markaziy bank bo‘yicha dollarning rasmiy kursi 4-iyun holatiga ko‘ra 10 539,20 so‘mni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank fevral oyi o‘rtalaridan boshlab dollar kursini avvalgidek har hafta emas, har ish kuni e’lon qilib bormoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2021-yil boshidan buyon inflyatsiya to‘rtinchi bor 1 foizdan oshmadi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar