Daryo

O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 10 660 so‘mga qadar ko‘tarildi

Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 560 so‘mdan sotib olmoqda

1 daqiqa o‘qish22 552 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 15-iyun kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini oshirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 560 so‘mga sotib olishni, 10 660 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, may oyida dollar kursi 10 650 so‘mga qadar ko‘tarilgan, iyun boshida esa 10 600 so‘mga qadar tushgandi. 14-iyun kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursi yana 10 650 so‘mga qadar oshdi.

Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:
  • “Agrobank” sotib olish — 10 580, sotish — 10 660;
  • Asia Alliance Bank: sotib olish ­­— 10 600, sotish — 10 660;
  • NBU: sotib olish — 10 590, sotish – 10 660;
  • Orient Finans Bank: sotib olish — 10 560, sotish — 10 660;
  • “Savdogar bank”: sotib olish — 10 560, sotish — 10 660.
Markaziy bank fevral oyi o‘rtalaridan boshlab dollar kursini avvalgidek har hafta emas, har ish kuni e’lon qilib bormoqda.

Mavzuga doir: S&P O‘zbekiston reytingini “BB-” darajasida saqlab qoldi, biroq prognozni oshirdi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar