Daryo

O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 10 650 so‘mga qadar oshdi

Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 580 so‘mdan sotib olmoqda

1 daqiqa o‘qish26 206 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 14-iyun kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini oshirdi, deb xabar bermoqda Spot.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 580 so‘mga sotib olishni, 10 650 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, may oyida dollar kursi 10 650 so‘mga qadar ko‘tarilgan, iyun boshida esa 10 600 so‘mga qadar tushgandi.

Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:
  • “Agrobank” sotib olish — 10 570, sotish — 10 650;
  • Asia Alliance Bank: sotib olish ­­— 10 580, sotish — 10 640;
  • NBU: sotib olish — 10 580, sotish – 10 650;
  • Orient Finans Bank: sotib olish — 10 550, sotish — 10 650;
  • “Savdogar bank”: sotib olish — 10 550, sotish — 10 650.
Markaziy bank fevral oyi o‘rtalaridan boshlab dollar kursini avvalgidek har hafta emas, har ish kuni e’lon qilib bormoqda. 20-may kuni e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda dollarning qiymati 10 597 so‘mni tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir: S&P O‘zbekiston reytingini “BB-” darajasida saqlab qoldi, biroq prognozni oshirdi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar