Daryo

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10 600 so‘mga yaqinlashdi

Markaziy bank 21-maydan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi

1 daqiqa o‘qish40 608 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Markaziy bank

Markaziy bank 21-maydan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,75 so‘mga ko‘tarilib, 10 597 so‘mni tashkil qildi. Yevro 12,14 so‘mga pastlab, 12 915,48 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi 9,00 so‘mga ko‘tarilib, 10 586 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi qatorasiga sakkizinchi kun ko‘tarildi.

O‘zbekistondagi tijorat banklarida esa dollar kursi 19-may kuni 10 630 so‘mga qadar ko‘tarilgandi. Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 540 so‘mga sotib olishni, 10 620 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Bu kabi vaziyat birinchi bor qayd etilmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar