Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati guruh bosqichi 1-turi doirasida Belgiya 12-iyun, shanba kuni Rossiya bilan bahs yuritdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilgan o‘yinda tezkor gol kuzatildi. 10-daqiqada Romelu Lukaku himoyachilarning xatosidan so‘ng ruslar darvozasini ishg‘ol etdi. 34-daqiqaga kelib esa Toma Menye oradagi farqni oshirdi. Ikkinchi bo‘limning so‘ngida esa Lukaku dublni rasmiylashtirgan holda jamoasining yirik g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa Belgiya musobaqaning ilk turida Rossiyaga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi. B guruhidagi birinchi o‘yinda Finlyandiya Daniyadan ustun keldi.

Guruhdagi vaziyat va uning taqvimi:

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Yevro—2020

Guruh bosqichi, 1-tur

12-iyun, shanba

Belgiya – Rossiya 3:0

Gollar: 1:0 – 10 Lukaku, 2:0 – 34 Menye, 3:0 – 88 Lukaku.

Belgiya: Kurtua, Boyata, Vertongen (Vermalen, 77), Alderveyreld, Kastan (Menye, 27), Tilemans, Dendonker, Azar, Karrasko (Prat, 77), Lukaku, Mertens (Azar, 72).

Rossiya: Shunin, Fernandes, Jikiya, Jirkov (Karavayev, 43), Semenov, Golovin, Barinov (Diveyev, 46), Zobnin (Muxin, 63), Kuzyayev (Cherishev, 29; Miranchuk, 63), Ozdoyev, Dzyuba.