Daryo

Angrenda Nexia bilan to‘qnashgan Lacetti yonib ketdi

To‘qnashuv oqibatida Lacetti yo‘lovchisi bo‘lgan 32 yoshli fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan

1 daqiqa o‘qish29 498 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

11-iyun kuni soat 22:30 larda Toshkent viloyati Angren shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtomobillardan biri yonib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Angren shahar hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 180-kilometrida 39 yoshli R.S. boshqaruvidagi Lacetti hamda 1962-yilda tug‘ilgan M.Yu. ismli haydovchi boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Avariya oqibatida Lacetti rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Yong‘in bartaraf etilgan, to‘qnashuv natijasida Lacetti rusumli avtomobil yo‘lovchisi bo‘lgan 32 yoshli fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Namanganda “KamAZ” yonib ketgani, Angrenda kamida oltita mashina ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani, Ohangaronda bir-biri bilan to‘qnashgan “KamAZ” va Lacetti to‘liq yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar