Daryo

Yangiyo‘lda yuk mashinasi yonib ketdi

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q

1 daqiqa o‘qish111 854 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yuk mashinasida yong‘in kelib chiqdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Foto: YHXBB

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilning 16-aprel kuni soat 10:35 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Nurobod” MFY hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 832-kilometrida fuqaro J.Q.ga tegishli bo‘lgan “ZIL-130” rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositasiga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Bundan avval Sergelidagi polietilen mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonada yirik yong‘in sodir bo‘lgani, Toshkentdagi “O‘rikzor” bozori yaqinida “Zaporojets” yonib ketgani hamda Chilonzorda oziq-ovqat do‘koni va tikuvchilik sexida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar