Daryo

Ohangaronda bir-biri bilan to‘qnashgan “KamAZ” va Lacetti to‘liq yonib ketdi

Ikki nafar haydovchi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish80 136 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

10-may kuni soat 21:30 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Ubayda” MFY hududidagi chorrahada yuk avtomobili va Lacetti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 21 yoshli O.T. boshqaruvidagi MAN, 23 yoshli X.Yu. boshqaruvidagi Lacetti hamda 22 yoshli M.T. boshqaruvida bo‘lgan “KamAZ” mashinalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.

FVV matbuot xizmatining yozishicha, hodisa joyiga Ohangaron tuman FVBning 4 ta yong‘in-qutqaruv guruhlari 21:56 da yetib borgan. Yong‘in 21:58 da qurshab olinib, 22:08 da to‘liq bartaraf etilgan. Transport vositalariga jiddiy zarar yetgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

MAN va Lacetti haydovchilari turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Avvalroq Toshkentda Howo yuk mashinasi ag‘darilib, yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar