Daryo

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga to‘rtinchi kun ko‘tarildi

Markaziy bank 14-iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi

1 daqiqa o‘qish72 210 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Markaziy bank

Markaziy bank 14-iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 9,03 so‘mga ko‘tarilib, 10 597,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro 1,73 so‘mga pastlab, 12 879,64 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi 16,61 so‘mga ko‘tarilib, 10 588,01 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi qatorasiga to‘rtinchi kun ko‘tarildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 14-iyundan 2 ming va 20 ming so‘mlik yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi.

Mavzuga doir: Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar