Markaziy bank 11-iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 16,61 so‘mga ko‘tarilib, 10 588,01 so‘mni tashkil qildi. Yevro 6,22 so‘mga pastlab, 12 881,37 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi 16,44 so‘mga ko‘tarilib, 10 571,40 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi qatorasiga uchinchi kun ko‘tarildi.

Avvalroq Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirgani haqida xabar berilgan edi.