Toshkent—Dehli yo‘nalishi bo‘yicha 11-iyun kuni soat 02:05 da uchadigan HY 421 reysi qoldirildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, ushbu reys Hindiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi tomonidan avval berilgan ruxsatnomaning bekor qilinishi sabab qoldirilgan.

Uzbekistan Airways HY 421 reysi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar tez orada taqdim etilishini bildirib, vujudga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Avvalroq Samarqand aeroporti birinchi marta Olmaotadan reys qabul qilgani, Turkish Airlines samolyoti esa ilk bor Istanbuldan Urganchga uchgani haqida xabar berilgan edi.